Ramos bilan urishib qolgan futbolchi “Real”dan ketadigan bo‘ldi
“Real” pleymeykeri Isko jamoa sardori Serxio Ramos bilan urishib qolgani oqibatida klub rahbariyatidan o‘zini transferga qo‘yishni talab qilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Ramos mashg‘ulotlarda kerakli darajada shug‘ullanmayotgan Iskoni qattiq tanqid qilgan. Futbolchilarning aksariyati jamoa sardorining fikrini ma’qullagan va Isko asosiy tarkibga loyiq emasligini ta’kidlagan.
Iskoning o‘zi anchadan beri klubdan ketmoqchi bo‘lib yurgandi. U o‘ziga ko‘proq o‘yin amaliyoti taqdim etadigan klub qidiryapti. Biroq, klub rahbariyati uning narxini uch barobar oshirganidan keyin pleymeykerga qiziqayotgan ayrim klublar Iskoni olish fikridan qaytdi.
Fikrlar