Rasman: Javohir Sidiqov "Qo‘qon-1912"ga qaytdi!
"Qo‘qon-1912" Superliganing yangi mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bugun klub matbuot xizmati jamoa yana bir futbolchi bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.
Unga ko‘ra, qo‘qonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Javohir Sidiqov yana "Qo‘qon-1912" sharafini himoya qiladi. Futbolchi avval ham bir necha yil davomida Qo‘qon jamoasi safida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Sidiqov o‘tgan mavsumni "Nasaf" jamoasi tarkibida o‘tkazib, 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar