Rasman! MLS klubi "Real" yulduzi transferini e’lon qildi

  • 26.06.2022 11:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Uel terma jamoasi sardori Garet Beyl faoliyatini okeanortida davom ettiradi.

Uning navbatdagi manzili "Los-Anjeles" jamoasi bo‘ladi. Klub matbuot xizmati o‘zining "Tvitter"dagi sahifasi orqali bu haqda rasmiy ma’lumot berdi.

Beyl 2013 yilda "Tottenhem"dan "Real" Madrid safiga kelib qo‘shilgandi. Bu vaqt oralig‘ida u 258 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 106 gol va 67 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

video_2022-06-26_08-41-35

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!