“Real” baribir Xolandni olmoqchi

  • 16.03.2026 23:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” to‘purari Erling Holandning Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar yana avj ola boshlandi.

Norvegiyalik hujumchiga ispan futbolining ikki azaliy grandi – “Barselona” va “Real” ko‘z tikmoqda.

One Football nashri jurnalistlarining yozishicha, “Real” yozgi transferlar oynasi davrida Holandni Madridga olib kelish uchun amaliy harakatlarga qo‘l urishni rejalashtiryapti.

Manbaga ko‘ra, agar yozda “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Manchester Siti”ni tark etsa, Erling Holand ham boshqa klubga o‘tishga rozilik beradi. “Qirollik klubi” voqealarning rivojining aynan shunday bo‘lishiga ishonch bildirmoqda.

 25 yoshli hujumchining bozor qiymati 200 million yevroga baholangan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2034 yilning iyun oyi oxirigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!