“Real”: Hamma ayb futbolchilarda!
Ispaniyaning eng qudratli klubi – Madriddning “Real” jamoasida mamlakat kubogi 1/8 finalida “Albasete” bilan uchrashuvdagi 2:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jiddiy norozilik yuzaga keldi.
Klub rahbariyati jamoa o‘yini o‘z maqomiga mos kelmaganini ta’kidlmoqda. Aynan mana shu mag‘lubiyat hozircha mavsumdagi eng past nuqta sifatida qabul qilindi.
Bu haqida COPE xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Real”da jamoaning hozirgi holati uchun asosiy aybdorlar sifatida futbolchilarning o‘zi ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, klub rahbariyati to‘liq ishonch bildirgan yangi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa vaziyatni o‘zgartira olishiga va qolgan ikki sovrin — La Liga hamda Chempionlar ligasi uchun kurash olib borishiga ishonadi.
Shu bilan birga, “Qirollik klubi” qishki transfer oynasida futbolchilar xarid qilish niyatida emas.
Fikrlar