“Real” kutayotgan Klopp kelajagi bo‘yicha bayonot berdi

  • 20.01.2026 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” klubi prezidenti Florentino Peres bosh murabbiylikka Yurgen Kloppni olib kelish maqsadi borligini ma'lum qilganidan keyin germaniyalik mutaxassis atrofidagi gap-so'zlar avjiga chiqdi.

2024 yilning yozida “Liverpul”ni tark etganidan beri Klopp murabbiylik faoliyatidan ta'tilga chiqqan edi.

Endi tajribali mutaxassis “Real”ning unga qiziqishi ortidan kelib chiqayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Klopp yaqin vaqt ichida murabbiylik faoliyatiga qaytishni rejalashtirmayotganini ma'lum qildi.

- Men futbol jamoasini boshqara olishimni tushunaman, lekin bu butun umrim davomida murabbiy bo'lib qolishim shart, degani emas. Men o'zimni yangi sohalarda sinab ko'rishni istadim.

Red Bull kompaniyasi menga bosqichma-bosqich shakllantirilayotgan yangi rol taklif qildi. Hozir o'zimni juda qulay his qilyapman — qaerda bo'lsam, o'sha joy menga ma'qul. Boshqa joyga borish istagim yo'q.

Men avval tanimagan ko'plab insonlar bilan uchrashdim, turli biznes uchrashuvlarda qatnashdim va hatto avval eshitmagan atamalarni o'rgandim. Bu haqiqatan ham juda foydali davr bo'ldi. Bir yil ichida besh yillik tajriba oldim, - dedi Klopp The Athletic nashriga.

Ayni paytda Yurgen Klopp Red Bull korporatsiyasi tuzilmasida futbol yo'nalishi bo'yicha global rahbar lavozimida ishlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!