"Real" Mbappening jarohatini tekshirishda tekshirishda xato qilgan

  • 25.03.2026 00:53
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi hujumchi Kilian Mbappening tizzasini tekshirish paytida dastlabki tashxis qo‘yishda xatoga yo‘l qo‘ygan. Fransiyalik forvardning chap tizzasi o‘rniga shifokorlar o‘ng tizzani tekshirib chiqqan. Bu haqida COPE jurnalisti Migel Anxel Diyaz xabar berdi.

Diyaz avvalroq jurnalist Daniel’ Riyolo aytgan ma’lumotni tasdiqladi. Unga ko‘ra, "qaymoqranglilar" tibbiy shtabi haqiqatan ham tekshiruv vaqtida xato qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Riyolo avvalroq Mbappe shifokorlar noto‘g‘ri tekshiruv o‘tkazganini bilganidan keyin norozilik bildirgani va jahli chiqqanini ham ma’lum qilgan edi.

Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalar doirasida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!