"Real" shov-shuvli transferni amalga oshirmoqchi

  • 19.01.2026 02:45
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Real" "Bavariya" futbolchisi Maykl Oliseni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida "Fichajes" nashri maʼlum qildi.

Manba maʼlumotiga koʻra, madridliklar Olise uchun nemis klubiga 180 million yevro taklif qilishgan reja qilgan. "Bavariya" Maykli qoʻyib yuborish niyatida emas. Ammo bunday katta miqdordagi taklif klub rahbariyatini muzokaralar stoliga oʻtirishga majbur qilishi mumkin. 

Fransiyalik vingerning ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 130 million yevroga baholanmoqda. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha moʻljallangan.

Eslatib oʻtamiz, 24 yoshli futbolchi joriy mavsum "Bavariya" safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol kiritdi va 20 ta golli uzatma amalga oshirgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!