"Real" sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi

  • 12.02.2026 18:47
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi oʻng qanot himoyasidagi muammolar tufayli PSJ safida harakat qilib kelayotgan sobiq futbolchisi Ashraf Hakimini ortga qaytarishni rejalashtirmoqda. Bu haqida "The Touchline" nashri maʼlum qildi.

Manba maʼlumotiga koʻra, Hakimi ilgari Madrid klubi rahbariyatiga bir kun kelib, jamoaga qaytishini aytgan. "Qirollik klubi"da Mbappening boʻlishi ham Ashraf Hakimining qaytish imkoniyatini oshiradi. Maʼlum boʻlishicha, Kilian va Ashraf yaqin doʻstlardir. 27 yoshli himoyachi "qaymoqranglilar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 

Marokashlik futbolchining ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 80 million yevroni tashkil etadi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha moʻljallangan. 

Maʼlumot uchun, himoyachi  joriy mavsum PSJ safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!