“Real” xo‘jayini Xabi Alonso va Vinisiusni yarashtirgani keldi
“Real Madrid” klubi prezidenti Florentino Peres jamoaning ichki muhitidagi vaziyatni inobatga olgan holda mashg‘ulotlar bazasiga tashrif buyurishiga to‘g‘ri keldi.
COPE va Sport.es kabi nashrlarning ma’lum qilishicha, klub xo‘jayini bosh murabbiy Xabi Alonso va hujumchi Vinisius Juniorni yarashtirib qo‘yish uchun kelgan.
Gap shundaki, braziliyalik futbolchi “el-klasiko”ning 73-daqiqasida zaxiraga olingan pallada Xabi Alonsoga e’tiroz bildirgan, zaxiraga o‘rindig‘iga bormay, to‘g‘ri ichkariga kirib ketgan. Bundan tashqari, uchrashuv tugaganidan keyin “Barselona” etakchisi Lamin Yamil bilan janjal keltirib chiqargan.
Shundan beri Vinisius ustozi bilan gaplashmayapti. Bo‘lib o‘tgan voqealarga munosabat bildirgan Vinisius klub, jamoadoshlari va prezidentdan uzr so‘ragan, biroq Xabi Alonsoning nomini keltirib o‘tmagan.
Fikrlar