“Real”da jinoyat sodir etildi
“Real” jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan Madriddagi “Santyago Bernaberu” stadionida o‘g‘rilik sodir etildi.
Jinoyatchilar stadion hududiga klub do‘koniga uchta furgonda kelib, to‘siqlarni buzib o‘tib, “Qirollik klubi”ning atributlari tushirilgan barcha mahsulotlarni olib chiqib, noma’lum yo‘nalish bo‘yicha qochib ketgan.
Bu muxlislar “Real”ga tegishli mahsulotlarni xarid qiladigan ushbu eng yirik do‘konlardan biri edi.
Ayni paytda “Santyago Bernabeu” arenasini ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichga kirdi va tez orada maydonga chim yotqizish ishlari boshlanishi kerak edi. Do‘kon ta’mir paytida ham faoliyat ko‘rsatayotgan edi. Etkazilgan zarar miqdori hali hisoblab bo‘lingani yo‘q.
Fikrlar