Remzi nihoyat "Yuventus" mashg‘ulotlariga qo‘shildi
Mavsumlar oralig‘ida “Yuventus” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan yarim himoyachi Aaron Remzi jarohatidan butkul forig‘ bo‘ldi va umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, uelslik futbolchi paylari bilan bog‘lik jarohat sabab bahordan buyon maydonga tushmay kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Remzi o‘tgan mavsum “Arsenal” safida 42ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.
Fikrlar