"Roma" Dibala bilan muzokaralarni boshladi

  • 04.10.2025 13:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Roma" hujumchi Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Argentinalik yulduzning amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, klub 31 yoshli futbolchi bilan yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni boshlagan.

"Bo‘rilar" rahbariyati forvard bilan 2028 yilning o‘rtalariga qadar shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda.  Yil boshida Dibalaning Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi, ammo jahon chempionati g‘olibi Rimda qolishni tanladi.

Ma’lumot uchun, Paulo joriy mavsumda "Roma"ning uchta o‘yinida ishtirok etdi. Futbolchi jarohati tufayli so‘nggi o‘yinlarni o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!