Ronaldu Messi va Robbenni ortda qoldirdi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ganaga qarshi uchrashuvning eng yaxshisi deb topildi. Jamoa sardori 65-daqiqada penaltidan hisobni ochgandi. 

37 yoshli forvard 5 ta mundialda gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylanib, rekord o‘rnatdi. Shuningdek, Ronaldu ettinchi marta o‘yinning eng yaxshisi bo‘ldi, bu ham rekorddir. 

Bu mukofot jahon chempionatlarida 2002 yildan berib kelinadi. Lionel Messi va Aren Robben Krishtianudan bittaga ortda qolmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!