Ronaldu muxlislari uchun ajoyib xushxabar!

  • 05.01.2023 19:18
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Krishtianu Ronaldu diskvalifikatsiyasiz "Al-Nassr" safida debyut qilishi mumkin. 

Klub hujumchini ertaga bo‘lib o‘tadigan "Al-Tay"ga qarshi o‘yinda ilk bor maydonga tushishini istamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, FIFA reglamentiga ko‘ra, Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda "Everton" muxlisining telefonini sindirgani uchun ikki uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingandi. Taqiq buzilgan taqdirda futbolchi ham, klub ham sanktsiyalarga duch kelishi mumkin. 

"Al-Nassr" FIFA qoidlarini e’tiborsiz qoldirish yo‘llarini o‘rganmoqda. Ushbu harakati uchun klub katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. 





Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!