Ronaldu MYudan ketadi. Unga Angliyadan ikkita superklub xaridor

  • 11.01.2022 11:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” to‘purari Krishtianu Ronaldu jamoadagi vaziyatdan norozi va yozda klubni tark etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Portugaliyalik yulduz hozirgi tarkib bilan birorta sovrinni qo‘lga kiritib bo‘lmasligiga amin bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Ronalduga Angliya chempionatining o‘zidan qudratli xaridorlar bor. “Manchester Siti” yozda bu o‘yinchidan quruq qolgandi va Xosep Gvardiola Ronalduni kelasi transferlar vaqtida qo‘lga kiritishi mumkin.

Ronalduni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘layotgan ikkinchi jamoa “Chelsi”dir. “Aristokratlar” har qanday jamoada ko‘p gol ura oladigan o‘yinchining xizmatiga ehtiyoj sezmoqda.

Krishtianuga “Barselona” va PSJdan ham taklif bo‘layotgani vaziyatni kutilmagan tomonga o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!