Ronaldу Portugaliya terma jamoasi uchun kerakmi?
"Yuventus" klubi va Portugaliya terma jamoasi vingeri Frinsishko Konseisau Ronaldu haqidagi savollarga javob berdi.
"Har kimning o‘z fikri bor, ammo u jamoa uchun qilgan va qilayotgan barcha ishlarini hisobga olgan holda, biz baribir uni bebahо deb hisoblaymiz. Faktlarni inkor etib bo‘lmaydi. Agar u doimiy ravishda gol urishda davom etsa, shubhasiz Jahon chempionatida terma jamoamizga katta foyda keltiradi", - dedi 23 yoshli futbolchi
Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan.
Fikrlar