Rossiyalik hujumchi "Manchester Yunayted"ga o‘tishni istamadi

  • 07.02.2020 20:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Rossiyalik hujumchi Fyodor Smolov joriy qishki transferlar davrida "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tishi mumkin edi. Bu haqda Express nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 29 yoshli futbolchiga qiziqish bildirishgan, ammo u “Old Trafford”ga ko‘chib o‘tishni rad etgan.

Smolov keyinchalik “Selta”ga ijara asosida ko‘chib o‘tdi. U APLda o‘ynashdan aynan La Ligada to‘p surishni ustun ko‘rdi.

MYu esa transfer oynasi yopilishi arafasida nigeriyalik forvard Odiona Igaloni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!