Rüdiger "Bavariya"ga qarshi oʻyindagi magʻlubiyatga nima sabab boʻlganini aytdi

  • 08.04.2026 03:29
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" himoyachisi Antonio Ryudiger "Bavariya"ga qarshi oʻyindagi magʻlubiyatga asosiy sabab sifatida xatolarni koʻrsatdi.

"Ikkala oʻtkazib yuborgan golimiz — oʻz xatolarimiz natijasi. Bu darajada bunday xatolar juda qimmatga tushadi.Markazda toʻpni yoʻqotish xavfli ekanini bilardik, lekin baribir shu holatlar yuz berdi.

Bizga koʻproq zarba berish va hujumda faolroq boʻlish kerak edi. Bugun raqib safida eng yaxshi oʻyinchi Noyer boʻldi", — dedi Ryudiger.

Maʼlumot uchun, javob oʻyini 15 aprel kuni Myunxenda boʻlib oʻtadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!