Saloҳ bu ikki mamlakatga umuman bormaydi!
“Liverpul” to‘purari Muhammad Saloҳ joriy mavsum oxirida klubni tark etishini e’lon qilganidan keyin uning qaysi jamoaga o‘tishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.
Bu masalaga misrlik agent Ayxab Ragal izoh berdi.
- Saloҳ – “Liverpul”ni katta o‘yinchi sifatida tark etayotgan ulkan figura. U hali ham eng yuqori darajada o‘ynay oladi.
Germaniya, Ispaniyadan variantlar bor, lekin unga eng mos keladigan joy Italiya. Ilgari Saloҳ bu yerda juda ajoyib o‘ynagan.
Agar qiziqsa, PSJ ham zo‘r variant. Men Saloҳning Saudiya Arabistoni yoki AQShga ketishiga ishonmayman. U Yevropaning qaeridadir bo‘ladi, - dedi Ayxab Ragal.
Fikrlar