Shaxmat. O‘zbekiston terma jamoasi Rapid va Blits bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadi
Joriy yilning, 10-16 iyun kunlari London shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jamoaviy Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Dunyoning eng kuchli 55 jamoasi ishtirok etayotgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Musobaqa mukofot jamg‘armasi 500 000 evro bo‘lib, rapid uchun 310 000 evro, blits uchun esa 190 000 evro ajratilgan.
Bizning faxrimiz — O‘zbekiston terma jamoasi safida quyidagi etakchi shaxmatchilar ishtirok etmoqda:
Abdusattorov Nodirbek (2732/2694)
Sindarov Javohir (2668/2626)
Qosimjonov Rustam (2641/2603)
Yakubboev Nodirbek (2547/2563)
Vohidov Shamsiddin (2519/2581)
Imomquzieva Nilufar (1943/2066)
Khamdamova Afruza (2406/2268)
Fikrlar