Sheshko: "Futbolchilarning kayfiyati a’lo darajada"

  • 26.10.2025 11:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" hujumchisi Benyamin Sheshko "Brayton"ga qarshi Angliya Premer-ligasidagi uchrashuvda (4:2) jamoasiga g‘alaba qozonishda muhim hissa qo‘shdi.

22 yoshli sloveniyalik forvard bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 82-daqiqagacha maydonda bo‘ldi. Uchrashuvning 61-daqiqasida u Brayan Mbyomo urgan uchinchi golda golli uzatma muallifiga aylandi — bu uning "Manchester Yunayted" safidagi ilk assisti bo‘ldi.

"A’lo jamoaviy g‘alaba, a’lo kayfiyat! "Manchester Yunayted" uchun ilk golli uzatmamdan mamnunman! Olg‘a, yo‘lda davom etamiz!", – deb yozdi Sheshko uchrashuvdan keyin ijtimoiy tarmoqda.

Ruben Amorim boshqaruvidagi jamoa bu g‘alabadan so‘ng Angliya chempionati jadvalida 16 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!