Shomurodov va Fayzullaev gol urgan uchrashuvda "Istanbul Boshakshehir" yirik hisobda g'alaba qozondi

  • 04.02.2026 19:22
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Turkiya kubogining 3-tur uchrashuvlariga start berildi. Hamyurtlarimiz Abbosbek Fayzullaev va Eldor Shomurodov toʻp tepadigan "Istanbul Boshakshehir"safarda "Karagyumryuk" jamoasi mehmoni boʻlib, yirik 4:1 hisobida gʻalaba qozondi. Dastlab, oʻyinning 8-daqiqasida Abbosbek Fayzullaev gol urib hisobni ochdi. 22-daqiqada gol urish navbati Eldor Shomurodovga yetib keldi. Biroq oradan 4 daqiqa oʻtib, Shomurodov kichik jarohat olib maydonni tark etdi. Ikkinchi boʻlimning 5-daqiqasida Migel Krespo oradagi farqni uchtaga yetkazdi. 65-daqiqaga kelib, Ivan Brnich jamoasining 4-goliga mualliflik qildi. 79-daqiqada "Karagyumryuk" futbolchisi Kone hisobni bitta qisqartirdi. oʻyin yakuniga qadar hisob boshqa oʻzgarmadi va istanbulliklar oʻz hisoblariga 3 ochko yozdirib qoʻydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!