Shvetsiya terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi o‘yindan oldin Ispaniyani taslim qildi (video)

  • 03.09.2021 07:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

Evropa mintaqasida JCh-2022 saralash bahslari davom etmoqda. “B” guruhining 4-turida Shvetsiya o‘z maydonida Ispaniyani qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu kuni mezbonlarga g‘alaba keltirgan gollarga Aleksander Isak (6') va Viktor Klasson (57') mualliflik qildi. Ispaniyaning yagona javob golini Karlos Soler (5') kiritdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
05/09/2021 00:57
Қойил Испанларни ютибди Шветция. Бизникиларга тиши ўтмасов. Озарбайжонга қарши ўйинга биздан ўрганиб тайёрланади Швеция.