Simeone "Atletiko"ga "Real" hujumchisini olib kelmoqchi
"Atletiko" forvardi Diego Kosta jamoadan ketishni rejalashtirmoqda.
Fichajes nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "matraschilar" ustozi Diego Simeone rahbariyatdan Kosta o‘rniga jamoaga "Real" forvardi Mariano Diasni sotib olishni so‘ramoqda. “Qirollik klubi” ham Marianoni sotishga tayyor, faqat ular o‘z futbolchisini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchisiga berib qo‘ymoqchi emas.
Dias joriy mavsum La Ligada 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Uning transfer narxi 12 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar