“Siti” “Real”ga Xolandning narxini aytdi

  • 22.01.2026 08:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Manchester Siti”ning so‘nggi yillardagi eng zo‘r to‘purari Erling Holand anchadan beri Madridning “Real” klubi nishonida turibdi.

“Qirollik klubi” Florentino Peres jamoada yuz berayotgan o‘zgarishlar fonida norvegiyalik hujumchini kelasi yozda Madriddga olib kelishni maqsad qilgan va bu transfer uchun imkoniyat qidiryapti.

Fichajes nashrining xabar berishicha, Angliya grandi skandinaviyalik markaziy hujumchini “Real”ga sotishga tayyor va buning uchun madridliklardan kamida 200 million yevro badal puli talab qiladi.

Bu holat “Real”ning transfer siyosatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, madridliklar Holandni olish uchun o‘ta katta maosh talab qilish orqali yangi shartnoma imzolashni cho‘zib kelayotgan Vinisius Juniyor bilan xayrlashishi ehtimoli oshib bormoqda.

25 yoshli Erling Holand 2022 yil yozidan beri “Manchester Siti” safida o‘ynab kelmoqda. Uning klub bilan tuzilgan amaldagi mehnat shartnomasi 2034 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!