“Siti” yangi yilgacha katta transferni yakunlaydi
Anliya premyer-ligasida to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilayotgan “Bornmut” hujumkor futbolchisi Antuan Semenyo yangi yilgacha “Manchester Siti”ga o‘tadi.
Insayder Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, 29 dekabr, dushanba kuni to‘lovlar tuzilmasi bo‘yicha olib borilgan ijobiy muzokaralardan so‘ng jarayonda sezilarli ilgarilash kuzatilgan.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Semenyo “Manchester Siti” bilan shartnomaning shaxsiy shartlarini allaqachon og‘zaki tarzda kelishib olgan. Ayni paytda “Bornmut” hali ham futbolchi “Chelsi”ga qarshi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazishga ulgurishiga umid qilmoqda.
Angliya Premyer-ligasining 19-tur doirasidagi ushbu o‘yin 30 dekabr, seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanadi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Antuan Semenyoning “Bornmut” bilan amaldagi shartnomasida 65 million funt-sterling (75 million yevro) miqdoridagi to‘lov bandi ko‘zda tutilgan. Bu summa faqat 2026 yil 10 yanvarga qadar amal qiladi.
“Bornmut” ushbu bandning amal qilish muddatini ataylab cheklagan, chunki klub yanvar oxirigacha Semenyoga o‘rinbosar xarid qilishi talab etiladi.
Fikrlar