“Siti” yulduzi top-klubdan shartnoma oldi

  • 23.03.2026 06:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Portugaliya milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Bu haqida Gazzetta dello Sport jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, 31 yoshli futbolchini Turinning “Yuventus” klubi o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Turinliklar futbolchiga uzoq muddatli shartnoma taklif qildi.

Bernardu yozda “Siti”ni erkin agent maqomida tark etadi, chunki uning “shaharliklar” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!