“Siti”da o‘ynagan futbolchini yana qamashmoqchi

  • 14.03.2026 13:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” klubi va Angliya milliy  terma jamoasining sobiq futbolchisi Joi Barton yana mojaro markazida qoldi.

The Guardian nashri xabar berishicha, Barton bir kishini kaltaklagani uchun politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Liverpul shahridagi golf klublaridan biri yaqinida sodir bo‘lgan.

Tergov versiyasiga ko‘ra, Barton va yana bir gumonlanuvchi bir kishini urib ketgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Unda yuz va qovurg‘alarining og‘ir jarohatlari aniqlangan.

Bu Barton ishtirok etgan birinchi janjal emas. 2008 yilda u bir kishiga hujum qilgani uchun qamoq jazosini o‘tagan edi.

Uch oy oldin esa internetdagi haqoratli bayonotlari sababli olti oylik shartli jazoga hukm qilingan.

Futbolchilik faoliyati davomida Barton “Börnli”, “Manchester Siti” va “Nyukasl” kabi klublarda o‘ynagan. Shuningdek, u Fransiyaning “Marsel” va Shotlandiyaning “Reynjers” klublari safida ham to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!