"Siti"ning tajribali himoyachisini "Milan"ga olib ketishmoqchi

  • 29.08.2025 08:36
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Manuel Akanji "Manchester Siti"dan "Milan"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manbaning xabar berishicha, tomonlar 30 yoshli himoyachining transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda va ular muvaffaqiyatli kechmoqda. Transfer shveytsariyalik futbolchining qarori hamda klublar o‘rtasidagi kelishuvga bog‘liq bo‘ladi.

Shuningdek, "Milan" "Arsenal" himoyachisi Yakub Kivyor bilan bog‘liq vaziyatdan ham xabardor. Himoyachi uchun kurashayotgan "Portu" klubi u uchun 26 million evro taklif qilgan.

Ma’lumot uchun, Akanjining "shaharlik"lar bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yarmiga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali himoyachini 28 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!