SPORTS.uz Belgrad-2021. Boks terma jamoamiz murabbiyi o‘zbekistonliklardan g‘alabalar olib qo‘yilayotgani, halollik yo‘qolgani haqida keskin fikrlar bildirdi

  • 2 noyabr, 2021, 20:10
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada nimchorak finallar yakunlandi. Endi navbat chorak finallarga.  

Tecno

Bir necha daqiqa avval Saidjamshid Jafarov (-75 kg) tailandlik Virapon Jongjoxo bilan ringga ko‘tarildi. 

Jangda ustunlikka erishgan hamyurtimiz hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi, deb topildi. 

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng O‘zbekiston boks terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro‘zioxunov SPORTS.uz saytiga o‘z fikrlarini bildirdi.

- Mag‘lubiyat sababi? Chunki hakamlar nazoratchisi tailandlik edi. Men birinchi raunddan so‘ng, 3:2 hisobi kelganidan bildim. 5:0 berilishi kerak edi. Ikkinchi raund ularga berildi 3:2. Biz ikkinchi va uchinchi raundni yutdik. Oxirgi raund 4:1 hisobini tailandlik bokschiga berishdi. Keyin men bosh murabbiyga ular bizni aldayotganini aytdim. Marat Qurbonov biz yutayotganimizni aytdi. Biroq hakamlar ochkoni bizga bermayaptiku. Yana qanday qilib ishlash kerak, yana qanday yutish kerak. Kechagi jangda ham hakamlar g‘alabani boshqalarga berib yuborishdi. Shahobiddin Zoirov, Hasanboy Do‘smatovning g‘alabalarini berib yubordi. Xatto protestimizni ko‘rib chiqmayapti ham. Mana Odilni jangi bo‘yicha protest berdik, ko‘rib chiqinglar deb. Ular yo‘q, sizlarga ochko bermoqdamizku, deb javob beryapti. Bizniki ko‘rilmaydi, deb aytdi. Unda umuman boksni o‘tkazish kerak emas.

sportsuz_asadxuja-06

Nega O‘zbekiston termasiga bunday munosabatligini bilmayman. Lekin o‘zimiz hayron qolyapmiz. birinchi jangdan eng etakchilarimizni olib tashlashdi. O‘ylanib qoldik. Bokschilarimiz ruhiy tomondan hamma narsaga tayyor edi. Saidjamshid umuman yutqazgani yo‘q. 3 raund yutdi. Protestni ko‘rib chiqmasa nima keragi bor. Halol o‘yin qilish kerak. To‘rtda jangdagi g‘alabamizni olib qo‘yishdi. Agar voqealar shunday davom etsa, yarim final va final oson bo‘ladi. Shunda hammasi chempion bo‘ladi, - dedi Rahmatjon Ro‘zioxunov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Oybek Maxammadiyev
02/11/2021 21:08
Bu terma jamoamas. Bular hammasi yutqazadi.nega shunchalik yengil qarashadi Joxon chimpionatidek
Saxobiddin Ne'matjonov
02/11/2021 22:28
Qanday qarashsin?! U yerdagi bollar bu yerda chempion bo'gan bollar. Eng kuchlisini olib boradimi axir?! Nima, yo bizda tayson meyvezerlar taklanib yotipti ekanmi?! Borimiz shu. Bu bollar ham turnir ko'rib tajriba to'plashi kerakmi axir.
Keyin, hakamlarda gap aniq bor! Shubxasiz. Chopishyapti bizikilarni. Eng kami 4tasini chopishti. Minde qarasa amerika pamerikasigayu yaponiyasigayu e kimiga bo'sayam "non qomayaptida". Sekin bu tarafdan ...lik qilishyapti. Eee o'sha seni jahon chempionatingayam ...qoyil qomadim
&
Бухорий Шариф
02/11/2021 20:50
Онангни қози қилса дардингни кимга айтасан дегани шу бўлса керакда....