SPORTS.uz Belgrad-2021. Qiziq fakt! O‘zbekistonlik bokschilarni mag‘lub etganlarning aksariyati chempion bo‘ldi (Foto)

  • 7 noyabr, 2021, 15:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi. 5-6 noyabr kunlari finallar o‘tkazildi, 13 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

E’tiborlisi, chempion bo‘lganlarning aksariyati o‘zbekistonlik bokschilarni mag‘lub etganlar tashkil qildi.

-48 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan qozog‘istonlik Temirtas Jussupov chorak finalda Nodirjon Mirzahmedovni engdi - 5:0.

sportsuz_nodirjon-27

-51 kg vazn toifasidagi chempion qozog‘istonlik Saken Bibossinov 1/16 bosqichda Hasanboy Do‘smatovni yutdi - 5:0.

hasanboyni yutgan

-54 kg vazn toifasidagi chempion yaponiyalik Tomoya Tsuboyi 1/8 finalda Shahobiddin Zoirovdan ustun keldi - 3:2).

sportsuz_shahob-05

-57 kg vazn toifasidagi chempion amerikalik Jamal Xarvey 1/8 finalda Mirazizbek Mirzaxalilovni taslim etdi - 4:1.

sportsuz_miraziz-23

-60 kg vazn toifasidagi chempion frantsiyalik Sofian Oumia finalda Abdumalik Xalakovni yutdi - 4:1.

sportsuz_abdumalik_final-33_1

-63,5 kg vazn toifasidagi chempion kubalik Endi Kruz chorak finalda Mujibullo Tursunovdan ustun keldi - 5:0.

sportsuz_munibullo-29

-67 kg vazn toifasidagi chempion yaponiyalik Sevornrets Okazava 1/8 finalda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaevni mag‘lub etdi - 5:0.

sportsuz_asadxuja-38_1

-71 kg vazn toifasidagi Shahram G‘iyosov g‘olib yoki sovrindorlardan biri bilan to‘qnash kelmadi.

sportsuz_shaxram-18

-75 kg vazn toifasidagi bronza medal sohibi tailandlik Virapon Jongjoxo chorak finalda Saidjamshid Jafarovni taslim etdi - 5:0.

sportsuz_saidjamshid-34

-80 kg vazn toifasidagi chempion amerikalik Robbi Gonsales 1/8 finalda Odiljon Aslonovni yutdi - 4:1.

sportsuz_odiljon-36

-86 kg vazn toifasidagi bronza medal sohibi belgiyalik Viktor Shelstraete ilk bosqichdayoq Shohjahon Abdullaevni nokautga uchratdi.

sportsuz_shohjahon-31

-92 kg vanz toifasidagi chempion kubalik Julio La Kruz Peraza yarim finalda Madiyar Saidrahimovni engdi - 5:0.

sportsuz_madiyar-20

+92 kg vazn toifasidagi finalchi armanistonlik Davit Chaloyan chorak finalda Lazizbek Mullajonovdan ustun keldi - 5:0.

sportsuz_lazizbek-25

 

BEKZOD Isaev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!