"Strandja": Jahongir Zokirov keyingi bosqichda!
“Strandja” turnirining bugungi dasturidan o‘rin olgan so‘ngi bokschimiz ham o‘z jangini yakunladi. +92 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jahongir Zokirov Hindiston vakili Sagarga qarshi ringga ko‘tarildi.
Butun jang mobaynida katta ustunlikka ega bo‘lgan bokschimiz yakunda 5:0 hisobida zafar quchdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Shu tariqa bugun ringga ko‘tarilgan 5 nafar bokschimizdan 4 nafari g‘alaba qozondi. Afsuski, bitta yo‘qotishga ham uchradik.
Fikrlar