Sulsher ikkala futbolchiga ham ishonch bildirmoqda

"Manchester Yunayted" ustozi Ule-Gunnar Sulsher mavsum restartidan so‘ng jamoa asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotgan Jessi Lingard va Andrea Pereyralarga yana bir imkoniyat bermoqchi.

Qayd etilishicha, murabbiy klub rahbariyatidan ikkala futbolchini transferga qo‘yish haqida so‘rov yubormaydi. O‘z navbatida Lingard va Pereyraga yangi mavsumda ko‘p o‘yin amaliyoti ham va’da qilmoqchi emas.

Pereyra uchun Angliya, Ispaniya va Italiya klublaridan qiziqish bo‘lmoqda, biroq "qizil iblislar" klub tarbiyalanuvchisini qo‘yib yuborishga shoshilmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!