Super to‘purar “Barsa”ga o‘tishga rozi bo‘ldi

  • 4 aprel, 2022, 11:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” to‘purari Robert Levandovski “barselona”ga o‘tishga rozilik berdi, deb xabar tarqatmoqda Ispaniyaning Sport.es sayti.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, Myunxen klubi mutasaddilari polshalik hujumchisiga kelasi yili yakunlanadigan hamkorlik bitimini atigi bir mavsum uzaytirishni taklif qilgan. Bu taklif Levandovskini qoniqtirmadi va u Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tish rejasini amalga oshiradigan bo‘ldi.

Avvalroq, “Barselona” ham yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘ini Muhammad Saloh yoki Robert Levandovski bilan kuchaytirishga harakat qilayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

To‘purarlik mahoratini bir necha mavsumdan beri uzluksiz namoyish qilib kelayotgan Levandovskining transfer summasi 50 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!