Superhujumchi bir o‘yinda gol urish bo‘yicha uchta rekord o‘rnatdi
Evropa Chempion ligasining pley-offidagi birinchi oʻyinda “Nyukasl Yunayted” futbolchilari Ozarbayjonda “Qorabogʻ” jamoasi bilan kuch sinashib, safardan 1:6 hisobidagi gʻalaba bilan qaytdi.
Angliya klubi hujumchisi Entoni Gordon uchrashuvda toʻrtta gol urib, klub tarixida bir vaqtning oʻzida uchta toʻpurarlik rekordini oʻrnatdi.
Birinchi boʻlimning oʻzida poker qayd etgan Gordon Chempionlar ligasi tarixida 15 ta gol bilan “Nyukasl”ning eng yaxshi toʻpurariga aylandi.
Shuningdek, Gordon klub safida bir mavsumdagi eng koʻp gol muallifi boʻldi (10 ta gol). Bundan tashqari, Gordonning 122-soniyada kiritgan birinchi goli klub tarixidagi eng tez gol sifatida qayd etildi.
“Nyukasl” va “Qorabogʻ” oʻrtasidagi javob oʻyini Angliyada boʻlib oʻtadi. Uchrashuv 24 fevral, seshanba kuniga rejalashtirilgan.
Fikrlar