Superhujumchi "Liverpul"ning taklifini kutyapti

  • 25.07.2025 11:42
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol

"Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isak klubini o‘zgartirish niyatida va "Liverpul"ga o‘tishni istayapti.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, shvetsiyalik hujumchi jamoa rahbariyatiga boshqa klublarning takliflarini ko‘rib chiqish istagini bildirgan. Mersisaydliklar yaqinda Yugo Ekitikeni sotib olganiga qaramay, Isakka bo‘lgan qiziqishni davom ettirmoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi "Liverpul"dan taklif olishdan mamnun bo‘ladi, biroq tomonlar shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgani haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aytilishicha, "qizillar" Ekitike bo‘yicha kelishuv yakunlanishidan oldin futbolchining vakillari bilan bog‘lanib, shvetsiyalik futbolchining transferi uchun Britaniya futboli tarixidagi rekord summani to‘lashga tayyorligini bildirgan.

Shu bilan birga, "Nyukasl" hamon Isak bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda. Ammo asosiy to‘siq - futbolchining maosh bo‘yicha kutayotgan talablari bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мамадияров Махмуд
25/07/2025 13:31
Нозланмай вақтида кўниши керак эди.