Superliga. "Neftchi" ketma-ket ikkinchi bahsda ham yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi
Superliganing 2-turida Islombek Ismoilov boshqaruvidagi "Neftchi" safarda "Surxon" bilan kuch sinashib, 3:0 hisobida zafar quchdi.
SPORTS.uz talqiniga ko‘ra, o‘yning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Stipe Peritsa bugun dublni rasmiylashtirdi. Serbiyalik futbolchi o‘yning 40 hamda 48-daqiqalarida o‘z hisobigagol yozdirib qo‘ydi. Farg‘onaliklarning uchinchi goliga esa 73-daqiqada Yovan Jokich mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, "Neftchi" birinchi turda "Mash’al"ni 3:0 hisobida taslim etgan edi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum
Surxon
Tugadi
0
:
3
05.03.2026 19:30
Neftchi
- Stipe Perica 40'
- Stipe Perica 48'
- Jovan Đokić 72'
Fikrlar