Supertoʻpurarni Evropadan olib ketadigan klublar paydo boʻldi

  • 11.02.2026 15:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bundesliga chempioni “Bavariya” safiga qo‘shilganidan beri har mavsum to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan angliyalik hujumchi Harry Keyn Saudiya Arabistoni klublarining qiziqish obyektiga aylandi.

Bu haqida Kicker nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ehtimoliy ish beruvchilari qatorida Saudiya Arabistoni Qirolligining yetakchi jamoalari – “Al-Ahli” va “Al-Ittihod” kabi badavlat klublar ham bor.

Shu bilan birga, nemis klubi rahbariyati hujumchini jamoada saqlab qolish niyatida, ammo shartnomada ko‘zda tutilgan 70 million yevro miqdoridagi kompensatsiya bandi futbolchiga jamoani tark etish qarori haqida rasmiy xabardor qilish huquqini beradi.

Joriy mavsumda Harry Keyn “Bavariya” safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 38 ta gol urdi. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!