"Tottenxem" yozda amalga oshmagan transfer uchun qishda yana bir bor urinib ko‘radi
"Manchester Siti" hujumchisi Savino yaqin kelajakda "Tottenxem" safiga o‘tishi mumkin. "Shporlar" o‘tgan yozda braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shishga asosiy da’vogar hisoblangan, biroq kelishuv amalga oshmagan edi.
Jurnalist Mett Louning ma’lumotlariga ko‘ra, londonliklar yanvarda, qishki transferlar oynasi ochilganda, "shaharliklar"ning yosh futbolchisini o‘z jamoasiga jalb qilishga yana bir bor urinib ko‘rishi ehtimoli yuqori. Savino jarohati tufayli joriy mavsumning boshini o‘tkazib yubormoqda.
21 yoshli futbolchining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan bo‘lib, nufuzli Transfermarkt portalining baholashicha, uning qiymati 50 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar