Tursunbay Kulahmet navbatdagi nokautli g‘alabasini nishonladi (video)

  • 10 iyul, 2021, 22:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Biroz oldin Qozog‘istonning Almati shahrida professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) WBC International kamari egasi Tursunbay Kulahmet (4-0, 3KO) o‘zining Aleksey Evchenkoga (19-15-2, 8KO) qarshi jangini o‘tkazdi. 10 raund qilib belgilangan bahsda Kulahmet raqibidan yaqqol ustunlik qilib, so‘ngi raundda uni texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi. 

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Kulahmet hozirda Britaniyaning MTK Global promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblanadi. U 7-jangiga qadar chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarilishi reja qilingan. Ushbu vazn toifasida hamyurtimiz Isroil Madrimov WBA reytingida peshqadamlik qilmoqda. Kulahmet va Madrimov havaskor boksda 2 bora to‘qnash kelgan. Hozircha hisob 1:1. Ular o‘rtasidagi 3-jang professional boksda bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
10/07/2021 22:48
ИСРОИЛ МАДРИМОВ БИЛАН ТЕЗРОҚ ТЎҚНАШ КЕЛСА ЯХШИ БЎЛАР ЭДИ. МАРКАЗИЙ ОСИЁНИНГ ПРОФ.РИНГДАГИ ДЕРБЕСИ КУЗАТИШ ЖУДА ҚИЗИҚДА.