Unay Emeri nega Mikel Arteta bilan qo‘l berib ko‘rishmaganini tushuntirdi
APL 19-turi doirasida boʻlib oʻtgan kechagi uchrashuvda "Aston Villa" "Arsenal"ga 1:4 hisobida magʻlub boʻlishdi. Yakuniy hushtakdan soʻng Emery darhol kiyim almashtirish yoʻlagi tomon yoʻl oldi. Bugun esa mutaxassis nega bunday yoʻl tutganini tushuntirdi
"Men har doim raqib jamoa murabbiyi oldiga borib, qoʻl berib koʻrishaman va keyin ichkariga kiraman. Agar u ham shu qoidaga amal qilmasa, men kutib tura olmayman. Havo juda sovuq edi", — dedi Emery.
Eslatib oʻtamiz, ikki jamoa oʻrtasidagi birinchi davrdagi uchrashuv 2:1 hisobida birmingemliklar foydasiga yakunlangan edi.
Fikrlar