Uni yana "Barselona"ga qaytarishmoqchi

  • 19.04.2020 14:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Tyago Alkantara yana La Ligaga qaytishi mumkin. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchiga “Barselona”dan qiziqishlar mavjud. Uning jamoaga qaytishiga shaxsan “ko‘k-anor ranglilar” ijrochi direktori Xaver Bordas xohish bildirmoqda.

Alkantara uchun “Barsa” begona emas. U 2008-2013 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan. So‘ngra, “Bavariya”ga o‘tgan.

Hozirda myunxenliklar ham u bilan kelishuvni uzaytirishni xohlashmoqda. Uning amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!