Valverde “Atletiko” “Real”dan yaxshiroq o‘ynaganini ta’kidladi
"Real Madrid" jamoasi sardori Federico Valverde Ispaniya Superkubogining yarim finalida "Atletiko"ga qarshi qiyin kechgan g‘alabadan so‘ng jurnalistlarga fikr bildirdi.
Valverdening Marca nashriga aytishicha, uchrashuv o‘zi uchun omadli kechgan, chunki u bahs boshida jamoasi uchun muhim golni urgan. Shu bilan birga, u "Real"da imkoniyatlar bo‘lganini, ammo raqib jamoa o‘yin jihatidan ustunlik qilganini ta’kidladi.
"Bunday uchrashuvlarda himoyalanishni ham, hujum qilishni ham bilish kerak. Biz o‘yin davomida sabr qilishimizga to‘g‘ri keldi. Ba’zi jihatlarni yaxshilash va yanada ishonchli harakat qilishimiz lozim. Biz raqibga o‘z o‘yinimizni o‘tkaza olmadik", — dedi futbolchi.
Ma’lumot uchun, "qirollik klubi" "matraschilar"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Turnir finalida ular "Barselona"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar