Van de Ven Isakdan uzr so‘raganini tasdiqladi

  • 24.12.2025 23:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Tottenxem" himoyachisi Mikki van de Ven Aleksandr Isakka etkazilgan jarohat uchun undan shaxsan uzr so‘raganini ma’lum qildi.

— Ha, albatta, uzr so‘radim. Men unga xabar yozdim, chunki uni jarohatlashni istamaganman. Og‘riq etkazadigan ish qilish niyatim yo‘q edi. Faqat zarbani to‘sishga urindim, xolos. Oyog‘i mening oyoqlarim orasida qolib ketgani esa, nazarimda, omadsiz holat bo‘ldi.

Shuning uchun o‘yindan keyin unga xabar yozdim va tiklanishida omad tiladim. Yaqin orada uni yana maydonda ko‘rishni umid qilyapman.

U xabar uchun minnatdorlik bildirdi va javob ham qaytardi, — dedi van de Ven "Sky Sports" nashriga.

Alexander Isak of Liverpool is tackled by Micky van de Ven of Tottenham Hotspur as he scores the opening goal during the Premier League match between...

"Liverpul" hujumchisi jarohat sababli "Tottenxem"ga qarshi o‘yinni (2:1) oxirigacha davom ettira olmagan edi. APL 17-tur uchrashuvida tanaffusdan so‘ng zaxiradan maydonga tushgan Isak 56-daqiqada hisobni ochdi. U Florian Virts uzatmasidan keyin ilk tegishdayoq zarba berdi va shu paytda futbolchining to‘piq qismi "shporlar" himoyachisining podkat paytida oyoqlari orasida qolib ketdi.

Tekshiruvlar natijasida Isakda to‘piq jarohati, shu jumladan, kichik boldir suyagi sinishi aniqlandi. Futbolchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!