Van de Ven: "Tottenxem" "Brentford"dan farq qiladi”

  • 08.12.2025 17:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Tottenxem" himoyachisi Mikki Van de Ven jamoa murabbiyi Tomas Frank haqida fikr bildirdi.

"Albatta, jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatmayotgan payt hamma murabbiyni ayblaydi. U yangi klubga keldi va unga moslashish uchun biroz vaqt kerak. "Tottenxem" "Brentford"dan farq qiladi. Biroq, bizning u bilan munosabatlarimiz yaxshi jamoa Tomasga  ishonch bildirmoqda. Murabbiy nima xohlayotganini biladi. Biz ham uning maqsadlarini tushunib turibmiz", - dedi niderlandiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda "shporlar" APLda 15 ta o‘yindan so‘ng 22 ochko jamg‘argan xolda turnir jadvalida 10-pog‘onada ketmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!