Vinisius hozirgi paytda eng yaxshi holatidadimi?

  • 15.02.2026 17:45
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Vinisius Juniornig oʻyini haqida fikr bildirdi. 

Shanba kuni u "Real Sosyedad"ga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi va chraşuv 4:1 hisobida "qaymoqranglilar"ning gʻalabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdan soʻng OAV vakillari Arbelоaga Vinisiusning bu oʻyini uning "eng yaxshi versiyasi"mi deb soʻrashdi.

"Menimcha, Vinisius jamoamga qoʻshilgan birinchi kundan beri ajoyib oʻynamoqda. U dunyoning eng yaxshilaridan biri. Biz  u juda baxtlimiz.Haqiqatan ham hayratlanarli yigit", — dedi Arbeloa.

Joriy La Liga mavsumida braziliyalik hujumchi 23 ta oʻyinda 8 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!