World Boxing tashkilotiga yangi bosh kotib tayinlandi
World Boxing tashkiloti Los-Andjelesda bo‘lib o‘tadigan 2028 yildagi Olimpiya o‘yinlari (LA 28) sari tayyorgarlik jarayonini boshqarish uchun Tom Dielenni bosh kotib lavozimiga tayinlandi. U ochiq tanlov asosida saylandi va o‘z faoliyatini 2026 yil fevral oyidan boshlashi ma’lum qilindi.
Belgiya va Shveytsariya fuqarosi bo‘lgan Dielen Olimpiya sportida qariyb 30 yillik tajribaga ega. U 2005–2025 yillar davomida World Archery (Jahon kamondan otish federatsiyasi) bosh kotibi lavozimida ishlagan. Aynan uning rahbarligi ostida federatsiya Olimpiya dasturidan chiqib ketish xavfi ostidagi sport turidan nufuzli, moliyaviy barqaror va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) tomonidan tan olingan innovatsion tashkilotga aylangan.
World Boxing prezidenti Gennadiy Golovkin tayinlov yuzasidan shunday deb yozdi:
“Janob Dielенning xalqaro sportdagi tajribasi tashkilotimiz oldidagi vazifalar va mas’uliyatlarga to‘liq mos keladi. Ishonchim komil, bu tajriba World Boxing ning kelajakdagi rivojiga xizmat qiladi.”
Tom Dielen esa yangi lavozim haqida quyidagilarni ta’kidladi:
“World Boxing bosh kotibi sifatida Olimpiya harakatidagi yangi chaqiriqni qabul qilishdan juda mamnunman. Prezident Gennadiy Golovkin bilan ilk suhbatimizdayoq o‘zaro tushunganimizdan xursand bo‘ldim. Ushbu ishonch uchun unga va Kengashga minnatdorchilik bildiraman. Yaqin davrda Tailand va Senegalda yosh sportchilar uchun o‘tkaziladigan musobaqalar, shuningdek, Braziliya, Xitoy va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan World Boxing Cup turnirlari sportchilarning LA - 2028 sari yo‘lini boshlaydi. Oldinda juda hayajonli jarayonlar kutmoqda.”
Shuningdek, Dielen yaqin oylarda World Boxing jamoasini kengaytirishni rejalashtirganini ham ma’lum qildi.
Fikrlar