Hausen: "Sovrinlar yutishni juda istayman — bu orzularim ro‘yobi bo‘ladi"
"Real" himoyachisi Din Hausen Chempionlar ligasida "Monako" ustidan qozonilgan 6:1 hisobidagi g'alabani izohladi.
"Biz uchun ajoyib kecha bo'ldi. Juda yaxshi o'ynadik. Oxirgi ikki-uch oy men uchun oson kechmadi — tez-tez jarohat oldim, hatto jarohat bilan ham maydonga tushgan paytlarim bo'ldi. Hozir esa o'zimni yaxshi his qilayapman. Murabbiy menga yordam beryapti va qo'llab-quvvatlayapti. Rostdan ham o'zimni baxtiyor his qilayapman.
“Quruq” o'yin o'tkazish qo'limizdan kelmadi, lekin jamoa sifatida juda yaxshi harakat qildik.
Umid qilamanki, Chempionlar ligasini ham, La Ligani ham yutib olamiz. Shuningdek, Ispaniya bilan jahon chempionatini ham. Bu orzularim to'liq ro'yobga chiqishi bo'lar edi. Men sovrinlar yutishga chanqoqman", — dedi Heysen "CBS Sports"ga bergan intervyusida.
Fikrlar