Xoland: "Donnarumma dunyodagi eng yaxshi darvozabonlardan biri"

  • 16.11.2025 21:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Norvegiya terma jamoasi va "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland JCh–2026 saralashidan oldin Italiya darvozaboni Janluiji Donnarumma haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Donnarumma zamonaviy futboldagi eng kuchli posbonlar qatoridan joy oladi.

"U Kurtua bilan bir darajada turibdi va dunyodagi eng yaxshi darvozabonlardan biri. Shuningdek, Jiji — juda yoqimtoy yigit, a’lo darajadagi futbolchi va yaxshi inson", – dedi Xoland.

Bugun Italiya va Norvegiya o‘rtasida JCh–2026 saralash uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:45'da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!